Sobirov Law Yuridik Firmasining Tanituvi

Sobirovs Law yuridik firmasining veb-sahifasiga xush kelibsiz!

Sizga Kanadaga immigratsiya qilish masalasida ko’mak bera olsak hursand bo’lamiz. O’zimiz haqida va ba’zi eng ko’p so’ralgan mavzular haqida shu maktubimizni tayyorlaganmiz. Sizga bu ma’lumotlarni berishdan maqsad – biz qanday hizmatlar ko’rsatamiz va biz bilan ishlash qanday bo’ladi, shular haqida qisqacha tushintirishdir.

Sobirovs Law Yuridik Firmasi haqida qisqa ma’lumot

Sobirovs Law yuridik firmasi 2012 yilda Kanadaning Toronto shahrida tashkil topgan bo‘lib, Kanadalik va Kanada tashqarisida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarga Kanadaning immigratsiya huquqi va tijorat huquqi sohalarida xizmat ko‘rsatadi. Yuridik firmamizning asosiy faoliyatlaridan biri bu Kanadaga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun kelmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga va Kanada bozoriga kirmoqchi bo‘lgan yuridik shaxslarga strategik yuridik yordam ko‘rsatishdir.

Yuridik firma Kanadada o‘qish, qonuniy yo‘l bilan ishlash, malaka oshirish yoki turist sifatida sayohat qilish maqsadida bo‘lgan jismoniy shaxslarga Kanada qonunlari asosida kerakli vizani olishda yuridik xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari Sobirovs Law yuridik firmasi Kanadada doimiy yashash uchun va kelajakda Kanada fuqaroligini olish masalasida ham yordam beradi.

Yuridik shaxslarga esa Kanada bozoriga kirish uchun barcha yuridik xizmatlarni ko‘rsatamiz. Masalan, Kanadada yangi korxona ochish, filial ochish, import-eksport masalalari, yangi biznes hamkorlar bilan muzokaralar olib borish va shunga o’xshash xizmatlarni taqdim etamiz.

Bizning firdamizdagi har bir yurist Kanadaning Ontario viloyatida (Kanadada “province” deb ataladi) litsenziyasi bo‘lgan yuristlardir (inglizchada “Barrister and Solicitor in the Province of Ontario”). Firmamizning yuristlari va ishchilari Ingliz, Fransuz, O‘zbek, Rus, Turk, Ispan va Ozarbayjon tillarida mukammal ish yurita oladilar. Bugungi kunda faqatgina Toronto shahrida ofisimiz mavjud.

O‘zbekistonda esa 2018 yilning Iyun oyidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan RUTE Consultancy nomli agentlik bilan hamkorlik o’rnatganmiz.

Yuridik firmamiz haqida to‘liqroq ma’lumotni www.sobirovs.com veb-sahifasidan olishingiz mumkin. Bizning web-sahifamizning “News” qismida ko’plab savollarga javob berishga harakat qilganmiz. Bu sahifamizni o’qib chiqishingizni maslahat beramiz.

Kanadada ishlash masalasi bo’yicha ma’lumot

Kanadada ish topish yoki ishga yollash hozirchalik bizning faoliyatlarimiz safiga kirmaydi. Buning uchun Kanadada joylashgan ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklarga (inglizchada: “Recruitment Agency”) murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi yoki o’zingiz to’g’ri Kanadadagi ish beruvchiga hujjatlarni topshirishingiz kerak bo’ladi. Ish topib beruvchi agentliklar o’z hizmatlari uchun to’lov oladilar va sizga Kanadadagi korxonalardan ish topishga harakat qiladilar.

Bu mavzuda biz yuridik firma sifatida quyidagi 3ta maslahatni bergan bo‘lardik:

1. Ingliz yoki Fransuz tilini yetarli darajada bilmasangiz, Kanadada ish topish qiyin bo’ladi. Tilni bilmagan insonlarga asosan qo’l mehnati ishlatiladigan ishlar topilishi mumkin. Lekin bu uchun Kanadadalik ish topib beruvchi agentlarga murojaat qilish kerak bo’ladi. Avval til va ish tajribasini biroz kuchaytirib, keyin Kanadaga ishlashga kelsangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Kanadaga til o‘rganish uchun kelishni ham o‘ylab ko‘rsangiz bo‘ladi. Lekin til kurslari harajatlariga tayyor bo’lishingiz kerak.

2. Agar sizga bir inson yoki korxona Kanadaga ishga jo‘natamiz va buni kafolatlaymiz deb va’dalar bergan bo‘lsa, o‘sha insonni yoki korxonani batafsil tekshiring. Avvalambor bu insonlar yoki korxonalar agar O‘zbekistonda bo‘lsa, ularning bunday xizmatlar berish uchun litsenziyasi bormi yoki yo‘qmi buni aniqlash kerak. Agar ular Kanadada joylashgan bo‘lsalar, Kanadada bunday xizmatlarni berish bo’yicha tajribasi bormi yo’qmi tekshirish kerak va taklif etilayotgan ish haqida batafsil to’liq ma’lumot olishingiz kerak bo’ladi. Bu sizni inson savdosi bilan yoki yolg‘on va noqonuniy yo‘llar bilan sizdan pul olmoqchi bo‘lganlardan asraydi.

Afsuski, bizning yuridik firmamizning tajribasiga ko‘ra, ko‘p insonlar bunday va’dalarga ishonib aldanib qolishyapti. Bu borada qisqacha shuni aytib o‘tmoqchimiz – Kanadada hech qanday “Red (Qizil) Kart” yoki shunga o‘xshash “lotoreyalar” yoq. Undan tashqari, $10,000 – $30,000 evaziga soxta Kanada ishchi vizasini pasportingizga yopishtirib beruvchilar ham ko’paygan. Bunday insonlarga hech ishonmang va tegishli huquqni muhofaza etuvchi organlarga bildiring.

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling. Vizani olishni kafolatlash esa Kanada qonunlariga zid va advokatlar etikasiga to’g’ri kelmaydigan harakatdir. Viza berish yoki bermaslik bu Kanada elchixonasining viza hodimlariga tegishli bir qarordir. Buni hech kim kafolatlay olmaydi! Bizning yuridik firmamiz faqatgina kerakli hujjatlarni puxta tayyorlanishiga kafolat bera oladi.

3. Siz Kanadaga kelish uchun immigratsiya sohasidagi mutaxassislardan yordam olishingizni tavsiya etamiz. Kanadada registratsiya va sertifikatsiyadan o‘tgan mutaxassislar xizmatidan foydalaning. Kanada qonunlariga ko‘ra xizmatiga pul olish yo’li bilan faqatgina to‘la litsenziyaga ega bo‘lgan Kanadalik yuristlar (inglizchada, “Barrister and Solicitor” unvoni bo‘lganlar) yoki immigratsiya konsultantlari (inglizchada “Immigration Consultant”) qonunga asosida yordam bera oladi.

Yuqorida aytib o’tilgan mutaxassislardan tashqari boshqa insonlar yoki korxonalar sizga immigratsiya xizmatlarini to‘lov olish asosida bera olmaydi va bu Kanada qonunlariga zid bo‘ladi. Bunday noqonuniy harkatlar esa “ruxsatsiz immigratsiya huquqi bo’yicha hizmat ko’rsatish” (“unauthorized practice of immigration law”) jinoyati deb atalib, $100,000 jarima va 5 yil qamoq jasozi bilan yakunlanishi mumkin. Kanadalik yuristlar sizga immigratsiya masalasi bo‘yicha to‘liq xizmat ko‘rsata oladilar; yani immigratsiya konsultantlari bera oladigan barcha xizmatlar bilan birgalikda sizni Kanada federal sudlarida va boshqa barcha davlat organlarida manfaatingizni himoya qila oladilar va kerak bo’lsa davlat organlarining qarorlariga appelyatsiya qiladilar. Immigratsiya konsultantlari esa qonunchilikda belgilangan ma’lum bir xizmat turlarini taqdim qilishlari mumkin. Kanadalik yurist yoki immigratsiya konsultantlarini orasidagi farqlar haqida Internetda ko‘plab ma’lumot topishingiz mumkin.

Bizning yuridik firmamiz faqatgina to’la qonli Kanadalik yuristlarni ishga oladi va immigratsiya konsultantlari bilan hamkorlikda ishlaydi. Noqoqnuniy ishlarga hech qachon aralashmaymiz va bu bizning ishlash tamoyillarimizga to’g’ri kelmaydi!

Sizga pul uchun xizmat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan insonlarni Kanadada yurist ekanliklarini tekshirish uchun mana bu portalga murojaat qiling – “Lawyer and Paralegal Directory” – bu faqatgina Ontario viloyatining portali bo‘lib, Kanadaning boshqa viloyatlaridagi yuristlarning portali ham bor. Sizga hizmat ko’rsatmoqchi bo’lgan yurist Kanadaning qaysi viloyatida litsenziya olganini albatta tekshirib oling.

Immigratsiya konsultanti bo‘lganligini tekshirish uchun esa mana bu yerga murojaat qiling – “ICCRC Registry”.

Kanadada va uning tashqarisida ko’plab firibgarlar o’zini yurist yoki advokat yoki konsultant sifatida tanishtirib odamlardan pullarini olishga harakat qilishadi. Bu masalada juda ehtiyot bo’lishingizni istab qolamiz.

Biz sizga qanday yordam bera olamiz?

izning yuridik firmamiz xizmatlaridan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda bizning wecare@sobirovs.com email dresimizga maktub yozing. Yoki veb-sahifamizdagi “Contact Us” formasini to’ldirish orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin. Sizdan qonunda talab etilgan boshlang‘ich ma’lumotni olganimizdan keyin, sizning Kanadaga kelaolish imkonlaringizni bepul baholaymiz.

Kanadaga kelish uchun 60dan ortiq immigratsiya dasturlari mavjud. Bulardan qaysi biri sizga to‘g‘ri kelishini bilish uchun sizdan kerakli ma’lumotlarni olamiz va maxsus konsultatsiya berishga tayyorlanamiz. Maxsus konsultatsiyamiz 30-daqiqalik davom etadi va Skype orqali taqdim etiladi. Bunday konsultatsiya uchun esa $150 Kanada dollari miqdorida to‘lov olamiz. Agar konsultatsiyadan keyin bizning yuridik firmamizni yollasangiz, bo‘lajak xizmat haqqidan konsultatsiya uchun berilgan to‘lov miqdorini ($150) ayirib tashlaymiz. Natijada sizga maxsus konsultatsiya ham bepul bo‘ladi.

Agar bizning immigratsiya bo’yicha taqdim etayotgan hizmatlarimizdan foydalansangiz, biz o’z bilimimiz va tajribamizga asoslanib sizga yuqori sifatli yuridik hizmat ko’rsatishga tayyormiz!

Umid qilamizki bu ma’lumotlar sizga foydali bo‘ladi. Agar biz bilan shu tarzda ishlashni hohlasangiz, biz bilan bog’laning!

By |2018-11-27T07:23:22+00:00November 25th, 2018|Sobirovs Law Firm News, Sobirovs Law Firm News|0 Comments

About the Author:

Sobirovs Law Firm
Sobirovs Law is a new generation law firm that merges the latest technology with traditional excellence in legal services. We focus on immigration law and business law practices and feel honored to serve Canada’s multinational community. Fluent in several languages, our lawyers truly reflect this community and make up a dedicated team of legal advisors who focus on delivering tailored solutions to each client’s legal matters. We have diverse client base: from investors and multinational corporations looking for business opportunities in Canada or relocating corporate management teams to Canada, to individuals hoping to settle in Canada. All our clients have one thing in common: they all work hard to succeed, and we share that passion with them. Whether it is a simple advice for an individual client or a complex international transaction for a business client, we provide cost-effective and pragmatic legal services that exceed client’s expectations. We believe that your success is our success. Because we care.

Leave A Comment